Ijtimoiy tarmoqlar:
HECH KIM MEHR VА E`TIBORDАN CHETDА EMАS

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Toshkent shahar koʼzi ojizlar maktab-internatida 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda emas” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy bayram kechasi tashkil etildi.

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʼlim boshligʼi Elyor Jalilov, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzolari, dublyaj va kino aktrisasi Barno Qodirova, vatanparvarlik ruhidagi qoʼshiqlarning mohir ijrochisi, xonanda Аlisher HamroYev va yana koʼplab mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʼzga chiqqanlar yurtimizda imkoniyati cheklanganlar uchun shart-sharoitlarning yaxshilanayotgani, ularning oʼqib, bilim olishlari, hunar egallashi uchun barcha imkoniyatlar muhayyo ekanini taʼkidlab, bayram bilan qizgʼin qutlashdi.

Bayram kechasi soʼnggida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovgʼalari hamda Koʼzi ojizlar maktab-internati kutubxonasi uchun badiiy kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

 

03.12.2020