Ijtimoiy tarmoqlar:
#Jarayon

#Jizzax

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish hamda sohani yangi bosqichga ko‘tarish va bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash yuzasidan Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Paxtakor, Sh.Rashidov tumanlarida 1-chorak yakunlari bo‘yicha Kengash yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hududlaridagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, Kengash aʼzolari o‘tgan davr mobaynida sohada amalga oshirilgan ishlar haqida xabardor qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5040-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, ishlar ko‘lamini yanada jonlantirish yuzasidan ishchi guruhlari tuzilib, aniq maqsadlar bo‘yicha kelgusi rejalar ishlab chiqildi.

 

02.04.2021