Ijtimoiy tarmoqlar:
Ma’naviyatli yoshlar yurt tayanchi

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Sergeli tumanidagi 104-umumta’lim maktabida “Ma’naviyatli yoshlar yurt tayanchi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

O‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot jarayonida yoshlarni turli vayronkor g‘oyalardan asrash, oilasiga, mahallasiga, Vataniga kerakli inson bo‘lib yetishishlari bo‘yicha tushunchalar berildi. Jamiyatda uchrab turgan salbiy illatlarni bartaraf etishning eng samarali usuli bu yoshlarni kitob o‘qishga o‘rgatish va ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish eng asosiy vazifalardan ekanligi uchrashuv davomida alohida ta’kidlab o'tildi.

Uchrashuvda o‘quvchi-yoshlarga maktabda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etganliklari uchun faxriy yorliqlar va kitoblar sovg‘a qilindi.

 

20.04.2018