Ijtimoiy tarmoqlar:
Mening kollejimda jinoyat sodir etilmaydi

2017 yil 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu boradagi mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan ko‘rsatmalari ijrosi bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi joriy yilning 21 aprel kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar xokimligi bilan hamkorlikda “Mening kollejimda jinoyat sodir etilmaydi” mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari M.Saidxo‘jayev, X.Jo‘rayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari Sh. Jumayev, Yangiyo‘l shahar Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari S. Yaxshiboyev, Yangiyo‘l shahar IIB boshqarmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘lim inspektori Sh.Turdiyeva, Yangiyo‘l transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji direktor M. Kalonxonovlar so‘zga chiqib yoshlarga jinoyat uchun jazo muqarrarligi to‘g‘risida turkum ma’ruzalar qilishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Yangiyo‘l shahar IBB profilaktika nozirlar, shahar MFY raislari, kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida “Hujra niqobidagi xatar” video film namoyish etildi.

 

23.04.2018