Ijtimoiy tarmoqlar:
Ajdodlarimiz merosiga hurmat

Kuni kecha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan "Zangiota" ziyoratgohi ro‘parasidagi maydonda “Ajdodlarimiz merosi” nomli ma’naviy-ma’rifiy festival o‘tkazildi. Tumandagi ta’lim muassasalarining o‘quvchilari qo‘l mehnati asosida yaratilgan turli buyumlar, chizgan rasmlari, hunarmandchilik ishlari va badiiy chiqishlari ishtirokchilarga namoyish etildi.

Respublika Oltin meros fondi, turistik firmalar o‘z turistlari bilan ishtirok etishdi. Amir Temur izdoshlari bo‘lmish harbiylar va sport maktabi o‘quvchilarining chiqishlari ishtirokchilarga zavq bag‘ishladi. Toshkent viloyati "Shoshnavolar", "Zarrin" va "To‘rg‘ay" folklor jamoalarining chiqishlari vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi. Tadbir so‘ngida tuman hokimi barcha tashkilotchi va ishtirokchilarni diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

  

 

 

24.04.2018