Ijtimoiy tarmoqlar:
Inson qadri - ulug‘, xotira - muqaddas

Bugun 9-may “Xotira va Qadrlash” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3667-sonli “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli Respublika bolalar kutubxonasida “Inson qadri - ulug‘, xotira - muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Markaz xodimlari, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan, jonini qalqon qilgan yurt farzandlari bilan bir qatorda XIX asr oxiri XX asr boshlarida o‘z xalqini ma’rifatga chaqirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o‘tkazish, shu asosda milliy mustaqillik g‘oyalarini hayotga tatbiq etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan fidoyi ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

08.05.2018