Ijtimoiy tarmoqlar:
Kitob — eng yaqin do‘st

2017-yilning 31-dekabr kuni Toshkent viloyati Ohangaron tuman hokimligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati IIB JIEBga qarashli Ohangaron tumanida joylashgan Jazoni ijro etish muassasasida nomli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ohangaron tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron tuman bo‘linmasi, Jazoni ijro etish muassasasi xodimlari va 200 nafar jazoni ijro etayotganlar ishtirok etdi.

“Kitob – eng yaqin do‘st” nomli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirida Ohangaron tuman hokimligi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tomonidan homiylik asosida 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar mahbuslarga sovg‘a qilindi.

Tarqatilgan kitoblar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar har bir inson uchun eng yaxshi do‘st bo‘lib qoladi.

09.02.2018