Ijtimoiy tarmoqlar:
Vatan himoyasi — muqaddas burch

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent shahar Yashnobod tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayramini o‘tkazish to‘g‘risidagi F-5135-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 5 yanvar kuni tumanda joylashgan IIV hamda 7801-sonli harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi yetakchi mutaxasisi O.O‘razaliyev, Yashnobod tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim rahbari N.Xaitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist “Mehnat shuhrati medali” sohibi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori T.Beknazarov hamda 7801-sonli harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tadbirda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlarning harbiy vatanparvarlikda ibrat ko‘rsatganliklari, buyuk allomalarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros va kashfiyotlar ilmiy jasorat ekanligi, Vatanni sevish, uning xursandchiliklariga sherik bo‘lib, og‘ir damlarida yelkadosh bo‘lish, bir so‘z bilan aytganda, undan faxr tuyg‘usini his qilish chin ma’naviy jasorat ekanligi alohida aytib o‘tildi. So‘zga chiqqan askar va zobitlar, o‘zlarini Vatanning sadoqatli o‘g‘lonlari deya his etib, ona yurtining ajralmas bir bo‘lagi ekanliklarini faxr va g‘urur bilan ta’kidladilar.

09.02.2018