Ijtimoiy tarmoqlar:
Toshkent tibbiyot akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish

Mamlakatimizda ilmiy salohiyati yuqori, ma’nan-axloqan yetuk, jismonan barkamol avlodni tarbiyalash borasida ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yoshlar siyosati mamlakatning bosh siyosati darajasiga ko‘tarildi. Buning natijasida mamlakatimiz yoshlari ilm-fan, madaniyat, sport sohalarida yurt sha’nini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining barcha chiqishlarida yoshlar masalalari, ularni har tomonlama kamol topishi uchun ma’naviyat, qadriyatlar, ajdodlarimizga munosib voris qilib tarbiyalashning ahamiyati haqida gapirmoqdalar.

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72 sessiyasidagi ma’ruzasi yoshlarni qanday asrash va butun dunyo yoshlarini birlashtirishga oid takliflari xorij siyosiy sharxlovchilari tomonidan katta e’tirofga sazovor bo‘ldi. Chunki bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan taraqqiyot davrida yoshlar masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan yot g‘oyalarning shiddat bilan yoyilishi yoshlar ongi va qalbiga salbiy ta’sir etayotganligini barchamiz guvoxi bo‘lib turibmiz.

Toshkent tibbiyot akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Toshkent tibbiyot akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, tarbiya tizimining maqbul usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida professor-o‘qituvchilar anjumani 2018 yil 6 yanvar kuni tashkil etildi. Ushbu anjuman an’ana tusiga kirgan bo‘lib, ijtimoiy hayotning dolzarb masalalarini qamrab olganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu anjumanda kun tartibidan joy olgan mavzular o‘zining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi:

  • Ma’naviyat — jamiyat taraqqiyotining asosiy omili mavzusida yoshlarning ma’naviy jixatdan yetuk tarbiyalashning muhim omillari to‘g‘risida ma’ruzachi batafsil yoritib beradilar.
  • O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatida ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi oldiga qo‘yilgan masalalarning ustivor g‘oyalari va uning jamiyat hayotidagi muhim omillari to‘g‘risida ma’ruzachi tomonidan yoritiladi.
  • Ma’naviy – ma’rifiy ishlar jarayonini takomillashtirish, tarbiya samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning innovatsion shakllarini ishlab chiqish to‘g‘risida ushbu mavzuda tarbiya jarayoning yangi texnologiyalar orqali samarali tashkil etish yo‘llari to‘g‘risida ma’ruzachi batafsil to‘xtalib o‘tadilar.
  • “2018 yil — faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasining oldiga qo‘yilgan vazifalar va amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ma’ruzachi tomonidan batafsil to‘xtalib o‘tiladi.
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi murabbiylarining faoliyat samaradorligi va mas’uliyatini yanada oshirishga qaratilgan chora – tadbirlar to‘g‘risida ma’ruzachilar tomonidan batafsil to‘xtalib o‘tadilar.

Anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

09.02.2018