Ijtimoiy tarmoqlar:
Do'stlik tumanining Manas Qishloq fuqarolar yig'inida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi

Joriy yilnig 19 iyun sanasida Jizzah viloyati Do'stlik tumanining Manas QFYda "Mahallalarda aholi o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni o'tkazish tartibi" bo'yicha o'quv-seminari tashkil etildi.

Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda uning Jizzah viloyati bo'limi mas'ul xodimlari, tuman mahalla fuqarolari yig'inlari raislari, tuman xotin-qizlar qo'mitasi va maktablari vakillaridan iborat jami 65 kiishi qatnashdi.

Shu kunning ikkinchi yarmida Manas QFY Madaniyat saroyida Tuman ma'naviyatchilari tomonidan tashkil etilgan kutubxonada "Kitob - insonning do'sti" mavzusida tadbir bo'lib o' tdi.

Unda tuman o'quvchi yoshlari qatnashdilar.

Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ilmiy ekspertiza bo’limi boshlig'i Sh.To'rayev tomonidan ma'ruzalar qilindi.

 

20.06.2018