Ijtimoiy tarmoqlar:
“Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovining Urganch shahar g‘olibi aniqlandi

Har yili ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini har tomonlama sharhlash va tushuntirish, targ‘ib etish, ijodiy tashabbuskorlik hamda izlanishlarni e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi ko‘rik tanlov”lari o‘tkaziladi.

Bugun ushbu ko‘rik tanlovning Xorazm viloyati Urganch shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 21 nafar “Ma’rifat” targ‘ibotchilari ishtirok etishdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali o‘qituvchisi N.Hudayqulova ko‘rik-tanlovning shahar bosqichi g‘olibi deb topildi. G‘olibga faxriy yorliq, esdalik sovg‘asi hamda kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

 

06.07.2018