Ijtimoiy tarmoqlar:
Jaholatga qarshi ma'rifat

“O‘zini anglash dunyodagi eng qiyin ishdir”

(Fales)

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo‘linmasi tomonidan joriy yilning 3-5 iyul kunlari shahardagi Mirzo Ulug‘bek, Do‘stlik, Bunyodkor hamda Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan o‘quv seminarda shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari N.Usmonova “Fuqarolar ongida yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni “Ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari ta’siridan himoyalash, qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar ijrosini ta’minlash” mavzusida Xotin-qizlar bilan ishlash va oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis, shahar “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi R. Holiqulova “Diniy ekstremizm, terrorizm, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida ularning oldini olish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishning dolzarbligi” mavzusida, Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori katta leytenant O.Bito‘rayev “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish” mavzusida ma’ruza qildi.

Seminar davomida mahalla fuqarolari tomonidan savol va takliflar berildi. Berilgan savollar atroflicha muhokama etildi.

 

09.07.2018