Ijtimoiy tarmoqlar:
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi ...

“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir”.

I.Karimov

Mustaqil O‘zbekistonimizning kelajagiga g‘oyaviy asos bo‘ladigan milliy mafkurani shakllantirish va yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida ma’naviyatli qilib tarbiyalashimiz hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati aholining, ayniqsa yosh avlodning aqliy, axloqiy, huquqiy bilimi, tarbiyasi, jismoniy sog‘lomligi, estetik madaniyati va ma’naviyatining yuksak darajada shakllanganligiga bog‘liq.

Prezidentimizning 2017-yil 28-iyulda imzolangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 5-iyul kuni Mirzaobod tumanidagi N-sonli harbiy qismda “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda urf-odat, an’analar va hayotiy qadriyatlarning ahamiyati” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda RMMM Mirzaobod tumani bo‘linmasi rahbari Guljahon Xolmurodova “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda urf-odat, an’analarning o‘rni” mavzusida ma'ruza qildi.

 

09.07.2018