Ijtimoiy tarmoqlar:
“Yosh kitobxon” tanlovining Ellikqal’a tumani bosqichi to'g'risida

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani bo‘linmasi rahbari Aysha Matniyazova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish tug‘risida”gi PQ-3721-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining Ellikqal’a tumani bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov ishtrokchilar yoshiga qarab quyidagi uch yo'nalishda, ya’ni 10-14 yoshlilar, 15-19 yoshlilar, 20-30 yoshlilar orasida bo‘lib o‘tdi.

Yurtimizda yoshlarni bu kabi tadbirlarga jalb etish, yoshlarimiz orasida kitob o‘qish targ‘ibotini yanada kengaytirish va kuchaytirish mumkin. Shuningdek yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrab qolishga, Vataniga sodiq farzand bo‘lib ulg‘ayishiga, teran fikrlovchi mutaxassis, eng asosiysi jamiyatga kerakli bo‘lgan haqiqiy insoniy fazilatga ega shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratiladi.

Tanlovning birinchi saralash bosqichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Beketova, tuman xotin qizlar qo‘mitasi raisi G.Aitboyeva, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi O.Ro‘zimova, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Sh.Sharipovalar ishtirok etdilar.

12.07.2018