Ijtimoiy tarmoqlar:
Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari uchun davra suhbati o'tkazildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani bo‘linmasi rahbari Mahmud Saparboyev tomonidan Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” gi PQ-3160-sonli qarorining mazmun - mohiyatini tushuntirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan qarorning ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha mavjud kamchiliklar muhokama qilindi va bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida suhbatlashildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Amudaryo tumanidagi bo‘linmasi hamda Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada rivojlantirish borasidagi takliflar haqida kelishib olindi.

 

12.07.2018