Ijtimoiy tarmoqlar:
Yosh kitobxonlar saralanmoqda

“Yosh kitobxon” tanlovining Surxondaryo viloyat saralash bosqichida yoshlar faollik bilan ishtirok etmoqda. Yoshlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan ushbu tanlov ular o‘rtasida ommalashmoqda.

Tanlovning Termiz shahar saralash bosqichi barcha zamonaviy sharoitlarga ega Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan bo‘lsa, Sherobod tuman saralash bosqichi yaqinda foydalanishga topshirilgan zamonaviy tuman Axborot resurs markazida tashkil etildi.

Joriy yilning 12 iyul kuni 20-30 yoshdagi ishtirokchilar tanlovning saralash bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. 13 iyul kuni 15-19 yoshli kitobxon o‘g‘il-qizlar saralandi. Bugun esa 10-14 yoshdagi yosh kitobxonlar o‘z bilimini dastlabki sinovdan o‘tkazishmoqda.

 

16.07.2018