Ijtimoiy tarmoqlar:
"Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi Sirdaryoda

Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini xar tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g‘risida”gi PQ-3721-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi va qator tashkilotlar hamkorlikda 12 iyundan barcha tuman-shaharlarda “Yosh kitobxon” Respublika ko‘rik-tanlovining tuman-shahar saralash bosqichi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 10-iyuldagi 03/02-824-18-sonli telefonogrammasiga asosan, tanlovni saralash bosqichini o‘tkazish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi Sirdaryo tumaniga mas’ul etib biriktirildi hamda tuman va shahar bo‘linmalari rahbarlari asosiy hamkor tashkilot sifatida ishtirok etishmoqda.

Tanlovning birinchi kunida 20-30 yosh toifasida bo‘lgan yoshlar, 13 iyun kuni (bugun) 15-19 yoshlilar test savollarini yechish orqali o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

14 iyun kuni esa 10-14 yoshlilar o‘rtasida tanlovning saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

 

16.07.2018