Ijtimoiy tarmoqlar:
Farg'onada seminar-trening boshlandi...

Avval xabar berganimizdek, bugun Farg‘ona viloyatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining hududlarda bajarilishi bo‘yicha  jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, 2018-yil Davlat dasturi ijrosining bugungi kun holati yuzasidan uchrashuv hamda Harakatlar strategiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan trening tashkil etildi.

Bunday treninglar 26 iyul kuni Andijon hamda 27 iyulda Namangan viloyatlarida ham tashkil etiladi.

Tafsilotlarni bizda kuzatib boring!

 

 

25.07.2018