Ijtimoiy tarmoqlar:
Hamkorlik Memorandumi imzolandi

Bugun, 30 iyul, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari Qo’mitasi hamkorligida “O’zbekistonda ko’p millatli yagona oila tuyg’usini mustahkamlashda ta’sirchan targ’ibot ishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ulkan ahamiyati” mavzuidagi amaliy seminar bo’lib o’tdi.


Ushbu tadbirni Qo’mita raisi R.Qurbonov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Kadirov qutlov so’zlari bilan ochib berishdi.


Amaliy seminar davomida millatlararo totuvlik va hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglikning ma’naviy-ma’rifiy asoslari hamda ikki tashkilot o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.


Tadbir yakunida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari Qo’mitasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

 

30.07.2018