Ijtimoiy tarmoqlar:
Biz jinoyatchilikka qarshimiz!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘ng‘irot tuman bo‘linmasi rahbari tomonidan tumanda joylashgan Pensiya jamg‘armasi xodimlariga “Jinoyatchilikka qarshimiz” hamda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Olmazor va Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va aholisiga mahallada jinoyatchilikning oldini olishga hamda qaynona-kelin munosabatlarida ahillikka, farzand tarbiyasida oilaning o‘rni muhimligiga, mahalla fuqarolari o‘rtasidagi hamjihatlikka e’tibor qaratish kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi tomonidan “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish” mavzusidagi forum o‘tkazildi. Tadbirga Mahalla xayriya jamg‘armasi raisi A.Primbetov, Madaniyat vazirligi mutaxassisi Z.Matkarimova va tumanda joylashgan barcha mahalla fuqarolar yig‘ini rais va maslahatchilari jalb etildi.

02.08.2018