Ijtimoiy tarmoqlar:
Aholi bilan uchrashuvlar. Nukus shahri

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan tumandagi “Tinchlik” mahallasi fuqarolariga “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’ruza qilindi.

Shuningdek, shahardagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey direktor o‘rinbosarlariga o‘quv yili boshlanishi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qilindi.

Uchrashuvda bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifatning yoshlarimiz o‘rtasida keng targ‘ib qilinishi kelajagimiz egalari kamol topishida muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar aytib o‘tildi.

02.08.2018