Ijtimoiy tarmoqlar:
"San'atkor ma'naviyati" tadbiri bo'lib o'tdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida O‘zbekkonsert davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 avgustdagi O‘zbekiston ijodkor ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishiga bag‘ishlangan “San’atkor ma’naviyati” zamon talabi mavzusidagi tadbir o‘tkazildi.

 

San’atkor va yosh xonandalar uchun o‘tkazilgan tadbir tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 avgustdagi O‘zbekiston ijodkor ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidan so‘ng bir yil davomida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandalari faoliyatida qanday ijobiy natijalarga erishildi va qanday ishlar amalga oshirilgani to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasiga alohida e’tibor berilmoqda. Ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish maqsadida keyingi paytda bir qancha muhim hujjatlar: qaror va farmoyishlar hamda majlis bayonlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 avgustdagi O‘zbekiston ijodkor ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi bu yuksak e’tiborning yaqqol dalilidir.

Shuningdek tadbirda Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Irgash Daminov, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinovalar tomonidan bugungi kunda xalq xizmatidagi san’atkorlarimizning faoliyatida, odob-ahloq etiketida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarning salbiy oqibatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 avgustdagi O‘zbekiston ijodkor ziyolilar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishining zaminida milliy madaniyatimiz va san’atimiz sohasini yanada rivojlantirish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etishdan tortib yana ko‘plab muammolarni bartaraf etish ahamiyati, bugungi kunda mamlakatimizda aholi turmush-tarzi yaxshilanishi uchun olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’ruza qilindi.

Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son Qarorida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar va ijrosini birgalikda ta’minlash hamda ma’naviyat va ma’rifat sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etish, O‘zbekkonsert xonandalarini dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishtirish, sog‘lom ijodiy va ma’naviy muhit omillari va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

04.08.2018