Ijtimoiy tarmoqlar:
Harakatlar strategiyasi – taraqqiyot ustuni: targʻibot va jamoatchilik nazorati yoʻnalishida

15-16 oktyabr kunlari Navoiy hamda Buxoro viloyatlarida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) hamda Konrad Adenauer jamgʻarmasi vakolatxonasi hamkorligida Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining amalga oshirilishi holati yuzasidan hududlarda oʻtkaziladigan jamoatchilik monitoringiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng va toʻgʻri targʻib qilish va bu yoʻnalishda yil davomida qilingan ishlar sarhisobi muhokama qilinib, kelgusida bu yoʻnalishda kilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadbir doirasida “Harakatlar strategiyasi: targʻibot va jamoatchilik nazorati” mavzuidaseminar-treninglar oʻtkazildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Kitob olami” markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Oilalarga maʼrifat ulashib” loyixasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda asosan hududdagi yosh oila vakillari ishtirok etib, ularga Markaz tomonidan kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Bugun Buxoro viloyatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Узбекистан – страна туризма” nomli gidlar uchun qoʻllanmaning taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Matbuot xizmati

16.10.2018