Ijtimoiy tarmoqlar:
Toshkent – Xiva yoʻnalishida elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Bugun ushbu qatnovning ilk yoʻlovchilari “Toshkent” janubiy vokzalidan qadim va navqiron shahar tomon barcha qulayliklarga ega poyezdda yoʻlga chiqdi. 

Prezidentimiz 2017-yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida Urganchdan Xivagacha temir yoʻl va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yoʻlda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish lozimligini qayd etgan edi. Qisqa fursatda bu ezgu tashabbus amalga oshdi. 

Davlatimiz rahbari oʻtgan haftada Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida “Xiva” temir yoʻl vokzalining yangi binosi va bu yerda yoʻlovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan edi. 

Vokzal binosi Xorazm meʼmorchiligi namunalarini oʻzida aks ettirib, unda zamonaviy VIP zal, ona va bola, tibbiyot xonalari mavjud. Vokzalda 35 ishchi bir vaqtning oʻzida 200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. 20 oʻrinli mehmonxona yurtdoshlarimiz va turistlarga qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

Ushbu poyezdda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari ham bor.

04.12.2018