Ijtimoiy tarmoqlar:
Xorazmda viloyat Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi hamda Xorazm viloyati faollari bilan oʻtkazilgan uchrashuvdagi maʼruzalarida Xorazm viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi oldida turgan muhim vazifalar haqida alohida toʻxtalib oʻtgan edilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora koʻpayib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, maʼnaviyat va maʼrifat sohasini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Ana shu dolzarb vazifalardan kelib chiqib, bugun Urganch shahrida Xorazm viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov olib bordi.

Shuningdek, yigʻilishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Alisher Qodirov ham ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Mazkur yigʻilishda Xorazm viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari, jumladan, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, IIB, adliya organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning yoshlar masalalari, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Xorazm viloyatidagi idora-tashkilotlar rahbarlari Maʼnaviyat va maʼnaviyat markazi viloyat boʻlimi shahar va tumanlar boʻlinmalari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati va tuman, shaharlar Kengashlari raislari “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Alisher Qodirov oʻz maʼruzalarida Markaz tomonidan Xorazm viloyati aholisi, oliy taʼlim muassasalari talaba va oʻqituvchilari hamda imom xatiblarining maʼnaviy qiyofasini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovlari natijalari haqida gapirib, kelgusida hududning maʼnaviy-maʼrifiy muhitini yanada yaxshilash, xususan, oila, mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli gʻoyaviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qoʻshilib qolish, milliy qadriyatlarga eʼtiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlarini turli taʼsirchan usullar orqali tashkil etish boʻyicha oʻzining taklif va tavsiyalarini berib oʻtdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Matbuot xizmati

05.12.2018