Ijtimoiy tarmoqlar:
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarshi shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Islom Karimov Qashqadaryoga rahbarlik yillarida viloyat iqtisodiyotini koʻtarish, ijtimoiy muammolarni hal etish yoʻlida koʻp ishlar qilgani yodga olindi.

Tadbirda nuroniylar ham ishtirok etdi.

 

15.12.2018