Ijtimoiy tarmoqlar:
“Eng maʼrifatli imom – 2018” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi boshlandi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan “Eng maʼrifatli imom – 2018” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi boshlandi.

Unda tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida birinchi oʻrinni egallagan 14 nafar imom-xatib bellashmoqda.

Tanlovni oʻtkazishdan maqsad, bugungi kun imom-xatibi ham diniy ham dunyoviy bilimlarni puxta egallashi, Qurʼoni karim oyatlari tafsirini mukammal bilishi, dunyoda yuz berayotgan voqelikdan xabardor boʻlib, xalqni ezgulik va birdamlikka chaqirishi, yoshlarga haq bilan botilni yetkaza bilishi kabi faoliyatlarni yanada jadallashtirishdan iborat.

Shuningdek, hozirgi paytda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy jarayonlarda Islom dini niqobi ostida roʻy berayotgan urush va toʻqnashuvlar, buzgʻunchi gʻoyalar tahdididan aholini ogoh etib, ularga toʻgʻri islomiy taʼlimotni yetkazish kabi vazifalarni qay darajada uddasidan chiqayotganlarini bilish ham maqsad qilib qoʻyilgan.

OʻzA

20.12.2018