Ijtimoiy tarmoqlar:
Navoiyshunoslar Navoiyga jam bo'ldi

Bugun Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Navoiy viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi, Alisher Navoiy jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusidagi III anʼanaviy xalqaro ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Xalqaro konferensiyaga Ozarbayjon, Afgʻoniston, Boshqirdiston, Vengriya, Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Hindiston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 15 ga yaqin davlatlardan 50 nafardan ortiq navoiyshunos olimlar, shuningdek respublikamizning barcha viloyatlaridan taniqli akademiklar, professorlar, ijodkor ziyolilar, maʼnaviy soha mutaxassislari, faollar, talabalar va yosh olimlar tashrif buyurishgan.

Erta tongdan Navoiy shahri markazidagi istirohat bogʻida savlat toʻkib turgan Alsher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda barcha konferensiya ishtirokchilari, chet ellik mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiya tafsilotlarini bizda kuzatib boring!

 

05.02.2019