Ijtimoiy tarmoqlar:
Bugun Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan alloma hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda universitet rahbariyati, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, Markaz xodimlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar bobomiz Alisher Navoiy oʻz ijodi hamda badiiyatining qudrati bilan jahon adabiyoti rivojiga katta taʼsir koʻrsatganligi, uning bebaho maʼnaviy, ilmiy, badiiy va madaniy-tarixiy asarlari butun insoniyatning bebaho merosi ekanligini eʼtirof etishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan viktorina oʻtkazilib, 5 nafar gʻolib talabalar Markaz tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

 

 

05.02.2019