Ijtimoiy tarmoqlar:
“Boshqaruv hikmati” kitobi endi hokimlar ish stolida

​O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi tomonidan hamkorlikda “Boshqaruv hikmati” nomli kitob nashr etildi. 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan loyiha sifatida “Boshqaruv hikmati” nomli kitobdan 214 dona Markazning hududlardagi  Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raislari ya’ni, viloyat, shahar, tuman hokimlariga mehnat faoliyatida foydalanish uchun bepul tarzda taqdim qilindi.

“Boshqaruv hikmati” nomli kitobning viloyat, shahar, tuman hokimlariga taqdim etilishi bugungi islohotlarga hamohang tarzda yurti uchun xizmat qilayotgan rahbarlarning ish stolida turishi ayni muddaodir. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining asosiy maqsadi esa xalqi uchun jon kuydirib faoliyat olib borayotgan rahbarlarning boshqaruv salohiyatini yanada  rivojlantirishga, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shishdir.

 

07.02.2019