Ijtimoiy tarmoqlar:
Millat dahosi poyida...

Bugun, 9 fevral oʻzbek mumtoz adabiyoti asoschisi, gʻazal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy tavallud ayyomining 578 yilligi munosabati bilan, anʼanaviy tarzda Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi milliy bogʻda millatning ulkan dahosi haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi oʻtkazildi.

Unda yurtimizdagi bir qator vazirlik va tashkilotlar qatorida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jamoasi ham ishtirok etib muhtaram zot poyida hurmat bajo keltirishdi.

 

09.02.2019