Ijtimoiy tarmoqlar:
Navoiy navqiron viloyat bo‘lsa-da, hududning qadim tarixi bor

Navoiy viloyatining tabiati o‘ziga xos rang-barang bo‘lib, shimoli-g‘arbiy qismida Qizilqum sahrosi cho‘llari, janubi-sharqiy qismida osmono‘par Nurota tog‘ tizmalari joylashgan. 

Zarafshon daryosining o‘rta qismida esa turfa-xil dehqonchilik dalalari yastanib yotibdi. Mazkur daryosi bilan birgalikda Aydarko‘l, Sho‘rko‘l, To‘dako‘l kabi ko‘plab yirik suv manbalari viloyat tabiatiga o‘zgacha xusn baxsh etadi. 

Navoiy navqiron viloyat bo‘lsa-da, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo‘shgan qadimiy va betakror tarixi bor. Bular Sarmishsoy darasidagi iptidoiy qoyatosh suratlari, Uchtut chaqmoqtosh shaxtalari, Raboti Malik karvonsaroyi va Sardobasi, Qosim Shayx Azizon xonaqohi va Nurotaning noyob me’moriy obidalari kabi bebaho madaniy me’ros obektlaridir. 

Ayni paytda Navoiy viloyati mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida o‘zining munosib o‘rniga ega. Bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari va tarixiy jarayonlar amalga oshirilmoqda. Viloyat tabiiy resurslarga, jumladan, rangli metall va qurilish xom-ashyo materiallariga boydir. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Shuningdek, “Elektrkimyozavodi” qo‘shma korxonasi , “Navoiyazot”,“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” va “Qiziqumsement” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Qulay geografik joylashuvi hisobga Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Korea, Hindiston, Xitoy va Singapur kabi xorijiy hamkorlar bilan keng ko‘lamli faoliyat olib bormoqda. 

Bugungi kunda viloyatning barcha shahar va qishloqlarida bunyod etilgan bir-biridan shinam zamonaviy tipdagi namunaviy qo‘rg‘onlar yurtimiz husniga chiroy qo‘shmoqda. Madaniyat saroylari va istirohat bog‘lari, Yoshlar markazlari, sport majmualari, tibbiyot, ta’lim muassasalari, ayniqsa, Navoiy davlat pedagogika va Navoiy davlat konchilik institutlaridagi jo‘shqin faoliyat, ularda yoshlarga yaratilgan.

O'zA

12.03.2019