Ijtimoiy tarmoqlar:
Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyati faollari bilan uchrashuvida “Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz” deb bildirgan fikrlari asosida, “Namanganga kitoblar karvoni” aksiyasi tashkil etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida Namangan viloyatiga olib kelingan kitoblar viloyatning shahar va tumanlaridagi mahalla fuqarolar yigʻinlariga taqdim etilishi belgilangan.

“Adiblar xiyobonida” aksiyaning tantanali qismi tashkil etilib, bir guruh faol yosh kitobxonlarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.


Kitoblar jamlanmalari esa Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Damas” avtomobillarida xiyobondan mahallalar tomon yo'l oldi.


Yil davomida ushbu aksiya doirasida viloyatga 1 million ta kitob tarqatilishi rejalashtirilgan.

12.03.2019