Ijtimoiy tarmoqlar:
Tarbiya – muhim masala

Bugun Fargʻona viloyati Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Xalq taʼlimi muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda uch bosqichli maʼnaviy tarbiya tizimining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati” mavzuida seminar trening oʻtkazildi.

Ushbu tadbir shahardagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixologlar, Yoshlar ittifoqining hududiy yetakchilari uchun tashkil etildi.

Seminarda Respublika Maʼnaviyati va maʼrifat markazi masʼul xodimi Malika Abduhakimova, Markazning Quvasoy shahar boʻlinmasi rahbari Neʼmatjon Nazirov, “Nuroniy” jamgʻarmasi shahar boʻlimi raisi oʻrinbosari, “Maʼrifat targʻibotchisi” Tohir Oʻrinboyevlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda uchrayotgan baʼzi muammolar, ularni bartaraf etish mexanizmlari, yangicha yondashuv hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan uch bosqichli maʼnaviy tarbiya metodikasi va uning ahamiyati haqida fikr yuritildi.

 

15.03.2019