Ijtimoiy tarmoqlar:
“Kitobxonlar klubi”da “Kitob - buyuk xazina” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Sirdaryo

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrif davomidagi viloyatdagi uzluksiz maʼnaviy tarbiya tizimini tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari hamda davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Alisher Navoiy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazining “Kitobxonlar klubi”da “Kitob - buyuk xazina” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyat boʻlimi rahbari Gʻ.Yusupov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Doʻstlik” ordeni nishondori va Ichki Ishlar Vazirligi faxriysi Ali Nasrli oʻz qalamiga mansub sheʼrlaridan parchalar oʻqib eshittirdi.

Markazning eng faol "Kitobxon klubi" aʼzosi Dilshod Oqmirzayev foydalanuvchilarga “Mustaqil Oʻzbekistonda yoshlar siyosati” mavzusi doirasida oʻz fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Tadbir soʻnggida Umumiy oʻquv zali sektori mudiri A.Azimjonova foydalanuvchilar bilan “Kitobxon klubi” koʻrgazmasi oldida suhbat olib bordi va klub faoliyatini yoritib beruvchi bukletlarni foydalanuvchilarga tarqatdi.

15.03.2019