Ijtimoiy tarmoqlar:
Olis Qoraoʻzak tumanida Navro'z shukuhi

Qoraoʻzak tumanidagi 9-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida “Navro'z milliy bayramimiz” mavzusida tadbir tashkil etilib, unda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ham qatnashishdi.

Tadbirda milliy qadriyatlarimiz, jumladan milliy taomlarimiz, milliy liboslarimiz, qadriyatlarimiz haqida bolalarga tushuncha berib o'tildi. Tadbir yakunida  Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraoʻzak tumani boʻlinmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirildi.

 

19.03.2019