Ijtimoiy tarmoqlar:
“Yoshlar orasida sanʼat va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun Toshkent viloyatining Qibray tumanida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning joriy yilning 19 mart kuni “Yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalari”ga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib “Yoshlar orasida sanʼat va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Muhammadjon Quronov ham ishtirok etib, oʻz nutqida shunday dedi: “Kamol topib kelayotgan avlodni, birinchi navbatda, kitobga muhabbat va hurmat-ehtirom ruxida tarbiyalash lozim. Shu nuqtai nazardan yoshlarda bolalik chogidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi. Shu bois, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan ota-onalar va pedagoglar uchun bolalarni kitob oʻqishga qiziqtirishda qoʻl keladigan ilmiy asoslangan 22 ta ilmiy metod ishlab chiqilgan. Bu metodlarning har biri juda sodda, bola psixologiyasi nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilingan, kundalik hayotda bosqichma-bosqich amalga oshirishga moʻljallangan”.

Darhaqiqat mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga ch i qar i sh ga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

Shundan kelib chiqqan xolda, bugungi davra suhbatida milliy tiklanish gʻoyasining asoslaridan biri boʻlgan yoshlar orasida sanʼat va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdilar.

Qayd etilganidek, Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogida ana shu ezgu gʻoyalar boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi.

Mazkur hududdagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida xam davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.

Davlatimiz rahbari videoselektor yigʻilishida taʼkidlaganidek, bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazi, 312 ta musiqa va sanʼat maktabiga atigi 130 ming nafar oʻgʻ i l -q i z qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagan. Shundan kelib chiqqan xolda, Prezidentimiz joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi.

Jumladan, Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy xomiylarni jalb etgan xolda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.

Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o'sha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul buladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Ilgarigi kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan Axborot-resurs markazlari uzlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan xolda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va idoralarga “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish xamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar mahalliy hokimliklar xar bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob doʻkoni tashkil etishi kerakligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda kuchma kitob pavilyonlarini joylashtirish, “Bibliobus”larni yo'lga kuyish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish vazifasi yuklatilganligini taʼkidladilar.

26.03.2019