Ijtimoiy tarmoqlar:
"Baxshi shoirlar" viloyat ko'rik tanlovi o'tkazildi. Surxondaryo

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning ogʻzaki ijodi – folklor sanʼatida, doston va eposlarida mujassam topgan boʻlib, ular millatning oʻzligini anglash, uning oʻziga xos milliy qadriyatlari va anʼanalarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.

Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Surxondaryo viloyati federatsiyasi tashabbusi bilan, madaniyat boshqarmasi, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida “Baxshi shoirlar” viloyat koʻrik tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda viloyatning turli hududlaridan 5 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan 50 ga yaqin baxshilar ishtirok etib, oʻzaro bellashdilar.

Tanlov yakunida gʻoliblarga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilar bir qatorda pul mukofotlari ham taqdim etildi. Xususan, birinchi oʻrin sohibiga 2 000 000 soʻm, 2 oʻringa sohibiga 1500 000 soʻm, 3 oʻrin sohibiga 1000 000 soʻm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari tanlov doirasida “Eng yosh baxshichilik sanʼati ishtirokchisi”, “Eng yoshi ulugʻ baxshichilik sanʼati ishtirokchisi”, “Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanib, ular maxsus diplom, kitoblar jamlanmasi va 250 ming soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

26.03.2019