Ijtimoiy tarmoqlar:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tanlov e'lon qiladi

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

“Harakatlar strategiyasi, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi ijrosida NNTlar faolligini qoʻllab-quvvatlash”
mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov

EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi:

- oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarni, nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni takomillashtirish, ularga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirishga koʻmaklashish;

- jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, afv etilgan shaxslarni, muqim turar joyga ega boʻlmagan shaxslarni jamiyatga ijtimoiy integratsiyasi va reabilitatsiyasiga qaratilgan dasturlarni davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;

- aholining, eng avvalo koʻmakka muhtoj xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat organlari bilan hamkorlikda qoʻshma ish rejalarni hayotga tatbiq etish;

- mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, oʻz joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta nikohning oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- aholini, ayniqsa yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirdan himoya qilishda taʼlim muassasasi, oila va mahalla institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;

- notinch va noqobil oilalar bilan ishlash, oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarni oldini olishga, oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashga koʻmaklashish;

- mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga, murosasizlik muhitini shakllanishiga koʻmaklashish, ijtimoiy sheriklik asosida obod va xavfsiz mahallani tashkil etishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish;

- Orol halokatining atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsirini yumshatishga, Orolboʻyi hududlarida ekologik vaziyatni tiklashga va sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish;

- noqonuniy mehnat migratsiyasidan, majburiy mehnat va kamsitishlardan jabrlangan shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoyalash, tizimli profilaktik targʻibot-tashviqot va reabilitatsiya qilish;

- aholi bandligini taʼminlash maqsadida hududlarda ijtimoiy va maishiy infratuzulmani yaratishga, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligi rivojlantirishga hamda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga koʻmaklashish;

- davlat organlari va biznes subyektlari bilan hamkorlikda yoshlar, ayollar va yosh oilalarning bandligini taʼminlash;

- ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarni keng jalb etish borasidagi ijtimoiy sheriklikni qoʻllab quvvatlashga koʻmaklashish;

- “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish jarayonlarini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning aniq natijalarini, elektron va bosma OAV keng yoritishini qoʻllab quvvatlash;

- Oʻzbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni tizimli tahlil qilishga, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning natijalari haqidagi maʼlumotlarni xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazishda koʻmaklashish;

- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini roʻyobga chiqarilishini taʼminlash.

Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi;

4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 mln. soʻmgacha.

Hujjatlar 2019 yil 28 martdan 30 aprelgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

 

28.03.2019