Ijtimoiy tarmoqlar:
Oqibat, oliyjanoblik – sharaf

       Mehr-muruvvat, xayru saxovat ulashilayotgan muborak kunlarda yurtimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Yaqin Sharqdagi qonli urushlar olib borilayotgan qurolli hududdan 156 nafar, asosiy qismi ayollar va yosh bolalardan iborat hamyurtimizga insonparvarlik va bag‘rikenglik yordami ko‘rsatilib, Ona Vatan bag‘riga qaytarilishi nihoyatda unutilmas xayrli tashabbus bo‘ldi. Mamlakatimizda inson qadri ulug‘ligini, ona va farzandi azizligini, oqibat barhayotligini ko‘rsatuvchi bu hodisa barchaning qalbiga o‘zaro hamjihatlik, saxovat urug‘larini sochdi. Davlatimiz rahbarining ushbu g‘amxo‘rliklarini asosiy faoliyati aholi va yoshlar o‘rtasida ma’rifatparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, millatsevarlikni targ‘ib etish, turli buzg‘unchi va vayronkor g‘oyalarga, ekstremizm va terrorizmga qarshi g‘oyaviy kurashish, aholi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlardan iborat Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Markaz huzuridagi "Ma’rifat" targ‘ibotchilari jamiyatining bir guruh yetuk malakali, mas’uliyatli, g‘oyaviy-tarbiyaviy ta’sirchan nutqiy qobiliyatli a’zolari Maxsus komissiya tarkibida jangarilar makonidan yurtga qaytarilgan vatandoshlarning ijtimoiy moslashishi, mafkuraviy ulg‘ayishi, e’tiqodiy yuksalishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib hissasini qo‘shish yo‘lida maqsadli va manzilli faoliyat olib bormoqda, ."Mehr" insonparvarlik operatsiyasida faol ishtirok etmoqda.

 

Feruza Azimova

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi

01.06.2019