Ijtimoiy tarmoqlar:
Axborot hashari loyihasini amalga oshirish

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarorining 12-bandida “Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida: Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish; ishtirokchilarni axborot texnologiyalari yangiliklari bilan tanishtirish uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish belgilangan. Ushbu band ijrosi yuzasidan O‘zbekiston si Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar va O‘zbekiston Milliy axborot agentliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kabi hamkor tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida loyiha asosida bajarilayotgan ishlar, hamda qaror ijrosi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Qizg‘in muhokama bilan o‘tgan uchrashuvda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, Markaz tomonidan tashkil etilgan “Faol fuqaro” debat klublari a’zolari uchun Respublika o‘quv seminari yo‘lga qo‘yishni rejalashtirish, mazkur o‘quv seminar bilan birgalikda “Axborot xashari” loyihasi uchun maxsus treninglar tashkil etish yuzasidan fikrlar aytildi. Shuningdek, davra suhbatida o‘quv jarayonida yoshlarda notiqlik qobiliyatlarini rivojlantirishga doir seminarlar bilan birgalikda, internet va ijtimoiy tarmoqlarda ro‘y berayotgan axborot xurujlariga nisbatan to‘g‘ri va haqqoniy munosabat bildirish ko‘nikmasini shakllantirish, PR texnologiyalar borasida mahoratni oshirish bo‘yicha malakali mutaxassislar ishtirokida treninglar tashkil qilinishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

 

 

26.06.2019