Ijtimoiy tarmoqlar:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari Turkiya safarida

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida Turkiya davlatining “Anqara” universitetida Markazning mas’ul xodimlari ishtirokida buyuk olim Abu Muin Nasafiy hayoti va merosiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat olimlari kelgusidagi o‘zaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, buyuk mutafakkir merosining bugungi kundagi ahamiyatini yoritib borish yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Tadbir doirasida allomaning “Tafsirat al-adilla” asarining o‘zbek tilidagi tarjima nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi hamda uchrashuv so‘ngida universitetning qo‘lyozmalar fondi bilan tanishildi. Respublika Ma’naviyatva ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Ergash Daminov o‘z fikrlari quyidagicha bildirib o‘tdi: “Mavjud manbalar raqamlashtirilgan, elektron bazasi, qo‘lyozmalardan foydalanishning barcha imkoniyatlari yaratilgan. Eng quvonarlisi ajdodlarimiz, xususan, Imom Motrudiy va Abu Muin Nasafiy asarlari, ularga bag‘ishlab qilingan tadqiqotlar alohida bo‘limda saqlanmoqda”.

Turkiya safarining so‘ngi kunida yurtdoshlarimiz Anqara shahridagi Islom tadqiqotlar markazi kutubxonasida (ISAM) bo‘lib, Abu Muin Nasafiyning asarlari bilan tanishishdi, mavjud qo‘lyozmalardan nusxa olish, xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borishdi.

23.07.2019