Ijtimoiy tarmoqlar:
Samarqandda Yosh ota-ona kitobi va "Baxtli bola ma’naviyati" nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi hamkorligida Samarqand shahridagi "Zilolbaxt" mehmonxonasida Markaz tomonidan nashr etilgan "Yosh ota-ona kitobi" va "Baxtli bola ma’naviyati" nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida yoshlar tarbiyasi masalalalarida o‘ziga yuklatilgan vazifalardan, jumladan, Prezidentimizning 2018 yil Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida bildirilgan fikrlaridan kelib chiqib, shuningdek, 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarorida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish yuzasidan. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” ma’rifiy tirologiyasi tayyorlandi. Ushbu trilogiyaning birinchi qismi “Yosh ota-ona kitobi” – 3 yoshgacha bo‘lgan go‘dak bolalar tarbiyasiga, ikkinchi qismi “Baxtli bola ma’naviyati” qo‘llanmasi bo‘lib, 3-7 yoshli bolalarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasiga bag‘ishlangan.

Qo‘llanmalar pedogogik xrestomatiya xususiyatiga ega. Bu esa uning yanada qiziqarli, rang-barang, metodikalarga boy bo‘lishiga xizmat qiladi. Uni tayyorlashda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi pedagog-psixolog olimlardan iborat “Olimlar klubi”ning davra suhbatlaridan, OAV materiallaridan, amaliy tadqiqotlar, yosh ota-onalar, tajribali bobo-momolar bilan o‘tkazilgan suhbatlar, so‘rovlar natijalaridan foydalanildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining hududiy bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tgan taqdimot marosimida qatnashchilarga “Yosh ota-ona kitobi” va “Baxtli bola ma’naviyati” nomli kitoblar taqdim etildi hamda qo‘llanmalar asosida bolalar ma’naviyati yuksalishi yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar har bir tashkilotlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

“Yosh ota-ona kitobi” va “Baxtli bola ma’naviyati” nomli kitoblarning targ‘ibot-tashviqot ishlari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etadi.

23.07.2019