Ijtimoiy tarmoqlar:
Milliy qadriyatlar - ma’naviyatga yetaklaydi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘linmasi tomonidan tumandagi "Kaltaminor" maxallasida "Milliy qadriyatlar - ma’naviyatga yetaklaydi" mavzusida ma’rifiy - madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda milliy qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazish to‘g‘risida hamda yoshlar o‘rtasida rivojlanib borayotgan "Ommaviy madaniyat"ni oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar aytib o‘tildi.

Shuningdek tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlab tumanda o‘tkaziladigan bayram shodiyonalariga Turkman milliy raqs va qo‘shiqlarini ijro etish yuzasidan tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ustozlar tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatildi.

26.07.2019