Ijtimoiy tarmoqlar:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyati to‘g‘risida brifing bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilning 31 iyul kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbar va mas’ul xodimlari, OAV vakillari ishtirokida 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori ijrosi yuzasidan Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha brifing o‘tkazildi.

Uchrashuvda Markaz rahbari Alisher Qodirov yangi qarorda belgilangan jumladan, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish, oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish,“mahalla–tuman–viloyat–respublika” prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish; “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish jarayonlari va uni amaliyotga tadbiq etish usullari, bu borada olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarining keyingi yoshlarimiz va aholi uchun ma’naviy ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish berib o‘tdi.

Brifing yakunida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, rahbarning birinchi o‘rinbosari va mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir qaror ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida jurnalistlar qiziqtirgan barcha savollarga hisobot tarzida aniq javob berishdi.

01.08.2019