Ijtimoiy tarmoqlar:
Ma’rifat peshvolari e’tiborda

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilarning rolini yuksaltirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analarimizning hozirgi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini samarali olib borish, ma’naviy-ma’rifiy sohada ish yuritayotgan faol, izlanuvchan targ‘ibotchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-sonli qarori ijrosi yuzasidan

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” (targ‘ibotchilar) hamda “Ma’rifat ziyolilari” (lektorlar) tanlovi e’lon qilingan edi.

Shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida ko‘rik tanlovning hududiy final bosqichi yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi. Tanlovning Respublika ya’ni yakuniy bosqichi joriy yilning avgust oyi oxirlarida Xorazm viloyatida o‘tkazilishi va g‘oliblar darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

02.08.2019