Ijtimoiy tarmoqlar:
She’rxonlik tanlovi davom etmoqda

Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati Romitan tuman bo‘linmasi tomonidan tumandagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida "She’rxonlik" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Har jihatdan yuqori darajada tashkil etilgan tadbir jarayonida faqatgina eng kuchli mutaxassislargina aniqlab olindi. Ular o‘zlarining tashkilotchilik, jamoatchilik va she’riy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Bahs va munozaralar ostida o‘tgan tanlovda "Afrosiyob" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D.Jo‘rayeva faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ishtirokchilarga Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

02.08.2019