Ijtimoiy tarmoqlar:
MA’RIFATCHILAR XORAZMDA TANTANALI KUTIB OLINDI

Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchilari Xorazm viloyatiga yetib keldi.

Kecha, 21 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahri temiryo‘l vokzalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan "Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi" respublika tanlovining yakuniy bosqich ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Mehmonlarni kutib olish marosimida xorazmlik faollar, ma’rifatchi yoshlar ishtirok etishdi. Kutib olish marosimi tantanaga aylanib ketdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari B.Abdirimov O‘zbekistonning yetakchi ma’rifatchilarining qadimiy Xorazmda jam bo‘lishi sharafli voqea ekanini ta’kidladi.

Xorazmda boshlanayotgan tadbirlarni bizning saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzating.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

22.08.2019