Ijtimoiy tarmoqlar:
TADBIRLAR OLDIDAN MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI

Kecha, 21 avgust kuni “Xorazm palas” mehmonxonasi majlislar zalida “Ma’naviyat festivali” hamda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi dasturi doirasida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘lim rahbarlari, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, viloyat hokimligi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirok etishdi.

Anjumanni Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari San’atbek Kamilovich Salayev ochib berdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari M.Quronovning ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar va mazkur festival xususidagi mulohazalaridan so‘ng jamiyat faoliyatiga doir videorolik namoyish etildi.

Matbuot anjumani doirasida OAV vakillari va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tadbirlar davom etmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

22.08.2019