Ijtimoiy tarmoqlar:
MA’NAVIYATCHILAR UCHUN "MA’NAVIYAT SOATI" TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 30 avgust kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining anjumanlar zalida Markaz xodimlari uchun «Ma’naviyat soati» tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Markaz rahbari Kadirov Alisher Keldiyevich, rahbarning birinchi o‘rinbosari M.Quronov hamda xodimlar ishtirok etdilar. Davra suhbati shaklida o‘tgan tadbir «Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlarining ma’naviy portreti» mavzusida tashkil etildi.

Davra suhbatida bugungi kunda Markaz xodimlari oldida turgan vazifalar, Markaz faoliyatini yanada rivojlantirishda xodimning mas’uliyati, ma’naviyat va ma’rifat masalalari xususida fikr yuritildi.

Markaz rahbari Kadirov Alisher Keldiyevich o‘z so‘zida ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida tarbiya masalasini yuqori o‘ringa chiqarish, bugungi kunning dolzarb masalasi ekani ta’kidladi. Har bir ma’naviyat targ‘ibotchisi yangi uslubda ish olib borishi, tarbiya yoshlar ma’naviyatida ustqurma vazifasini o‘tashi lozimligini qayd etdi.

Rahbarning birinchi o‘rinbosari M.Quronov esa bugungi zamonaviy tahdidlar, ularga qarshi tura olish, ma’naviyat sohasi xodimining jamiyatdagi o‘rni va yosh kadrlarni tayyorlashda "Ustoz-shogird" an’anasini yo‘lga qo‘yish masalalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda xodimlarga va ularning farzandlari uchun Markaz tomonidan nashr etilgan "Barhayot ajdodlarimiz" nomli to‘plam Mustaqilligimizning 28-yilligi munosabati bilan sovg‘a qilindi. Ushbu to‘plamda zaminimizda yashagan va dunyo ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan 12 nafar mutafakkirlar (Hakim Termiziy, Imom Dorimiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Motrudiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, marg‘inoniy, Mahdumi A’zam) haqidagi kitoblar o‘rin olgan.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

30.08.2019